Янгиликлар
Янгиликлар
2025-10-27
2025 yil 14 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoq sahifasi orqali PАXTАZORLАRDА MАJBURIY MEHNАT YaNА QАYTDI mazmunidagi xabarlar tarqaldi. Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Buxoro viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi hamda Peshku tuman kambagʼallikni qisqartirish va bandlik boʼlimi mehnat inspeksiyasi tomonidan holat nazoratga olindi hamda toʼliq oʼrganildi.Oʼrganish davomida ushbu maʼlumotlarni asossiz va haqiqatga toʼgʼri kelmaydi. Shuni taʼkidlab oʼtish zarurki, mamlakatimizda keyingi yillarda majburiy mehnat va bolalar mehnatiga barham berish boʼyicha tizimli ishlar amalga oshirilgan, bu yoʼnalishda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda doimiy monitoring yoʼlga qoʼyilgan.Peshku tumanidagi paxta terimi jarayonlarida ham faqat ixtiyoriy mehnat asosida fuqarolarning ishtirok etishi taʼminlangan. Hech qanday tundagi “majburiy yigʼilishlar” yoki fuqarolarni ishga jalb qilish holatlari qayd etilmagan.Shu bilan birga, Bandlik boshqarmasi jamoatchilikni asossiz va tekshirilmagan xabarlarga ishonmaslikka, rasmiy manbalar orqali aniq maʼlumot olishga chaqiradi. Аgar aholi orasida mehnat qonunchiligi buzilishi bilan bogʼliq holatlar haqida maʼlumot boʼlsa, ularni tegishli hududiy mehnat inspektsiyasi bevosita xabar qilishlari mumkin.