Бошқарма ҳақида
Бошқарма ҳақида
Buxoro
viloyati Kambagʻallikni qisqartirish bandlik bosh boshqarmasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy
qoidalar
1. Ushbu Nizom
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish boʻyicha harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida” 2017-yil
7-fevraldagi PF-4947-sonli, “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada
takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish
chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-maydagi PF-5052-son Farmonlari va
“Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini
tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-maydagi PQ-3001–son
qarori, “Mehnat organlari tuzilmasini takomillashtirish va fuqarolarning mehnat
huquqlarini himoya qilish hamda mehnatini muhofaza qilish tizimini
mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 20-avgustdagi PQ-3913-son
qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat
munosabatlari vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-son qarori asosida ishlab chiqilgan
boʻlib, Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda –
Bosh boshqarma deb ataladi) maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlari va
faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilab beradi.
2. Bosh boshqarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari,
qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qaror va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat
munosabatlari vazirligining buyruqlari va normativ-huquqiy hujjatlariga,
Qashqadaryo viloyati hokimligining farmoyishi, qarorlari va normativ-huquqiy
hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Bosh boshqarma Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va
mehnat munosabatlari vazirligining (keyingi oʻrinlarda – Vazirlik deb ataladi)
tashkiliy tizimi boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat
munosabatlari vazirligiga hamda tegishliligi boʻyicha Qashqadaryo viloyati
hokimligiga boʻysunadi va hisobot beradi.
4. Bosh
boshqarma tizimiga quyidagilar kiradi:
Bosh
boshqarma apparati;
tuman
(shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari;
ishsiz va
band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish hududiy markazlari hamda
kasb-hunar kollejlari kiritilishi mumkin.
5. Bosh boshqarma oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga
oshirishda davlat boshqaruvining boshqa organlari hududiy tuzilmalari, tuman
(shahar) hokimliklari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
6. Bosh boshqarma yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston
Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga,
mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga ega boʻladi.
II. Bosh boshqarmaning vazifalari va
funksiyalari
7.
Quyidagilar Bosh boshqarmaning vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari
hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari
vazirligiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini
taʼminlashda ishtirok etish;
Buxoro viloyati hokimi, tuman (shahar) hokimlari, hududiy
prokuratura, ichki ishlar organlari va davlat soliq xizmati rahbarlari
tomonidan rahbarlik qilinadigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
sektorlari (keyingi oʻrinlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari deb
ataladi) bilan hamkorlikni amalga oshirish;
aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish va mehnat
migratsiyasi sohasidagi va bosh boshqarma vakolatiga kiradigan boshqa
masalalarga doir qonun hujjatlariga, normativ hujjatlarga rioya etish yuzasidan
monitoring va nazorat olib borish;
tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari
va idora boʻysunuvidagi tashkilotlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
joriy etish;
ishga joylashtirish, oʻqitish va malaka oshirish, malakani
baholash xizmatlari uchun davlat buyurtmasini shakllantirish boʻyicha tuman
(shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish
hamda tahlil qilish;
kovorking-markazlar tashkil etish va ularni saqlab turish
moliyalashtirilishini tashkil qilish boʻyicha tuman (shahar) aholi bandligiga
koʻmaklashish markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarida
va idora boʻysunuvidagi tashkilotlarda moliya nazoratini tashkil etish va
amalga oshirish.
8. Bosh
boshqarma oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga
oshiradi:
Qashqadaryo viloyati bandlik bosh boshqarmasi faoliyatini
tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan taʼminlaydi hamda unga rahbarlik qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining hamda Oʻzbekiston
Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi buyruqlarining, Buxoro
viloyati hokimligi qaror va farmoyishlarining va boshqa normativ huquqiy
hujjatlarning tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari, idora
boʻysunuvidagi tashkilotlar tomonidan bajarilishini tizimli nazorat qiladi;
tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari,
idora boʻysunuvidagi tashkilotlar tomonidan kiritiladigan hujjatlarning sifatli
va oʻz vaqtida ishlab chiqilishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy
ekspertizasi oʻtkazilishini tashkil etadi;
tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari,
idora boʻysunuvidagi tashkilotlar faoliyatiga rahbarlik qiladi, ularni
muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
aholini ishga joylashtirish sohasida xizmatlar koʻrsatish
yuzasidan faoliyat olib boruvchi yuridik shaxslar bilan hamkorlik qiladi;
tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari
va idora boʻysunuvidagi tashkilotlarda moliyaviy nazoratni tashkil etadi va
amalga oshiradi;
aholini ish bilan taʼminlash hududiy dasturlari
bajarilishi monitoringini olib borish, band boʻlmagan aholiga davlat
xizmatlarini koʻrsatish, ijtimoiy himoya qilish, mehnat munosabatlari va
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish
markazlari, idora boʻysunuvidagi tashkilotlar xatti-harakatlarini
muvofiqlashtiradi;
ishga joylashtirish, oʻqitish va malakani baholash xizmatlariga
boʻlgan davlat buyurtmasini shakllantirish, moliyalashtirish va amalga
oshirish, keyinchalik tegishli ravishda xususiy bandlik agentliklari, ishsizlar
va band boʻlmagan aholini oʻqitish markazlari hamda malakani baholash
markazlariga haq toʻlash boʻyicha tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish
markazlari xatti-harakatlarini muvofiqlashtiradi;
kovorking-markazlarni tashkil etish boʻyicha tuman
(shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari takliflarini umumlashtiradi,
shuningdek ularni saqlab turishning moliyalashtirilishini tashkil etadi;
tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari
va idora boʻysunuvidagi tashkilotlarning moddiy-texnik taʼminotini tashkil
etadi;
tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari
va idora boʻysunuvidagi tashkilotlar binolari va inshootlaridan joriy
foydalanish boʻyicha ishlar monitoringini oʻtkazadi va muvofiqlashtiradi;
jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlarni
tashkil etadi;
operativ, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish
va oʻz vakolatiga kiradigan boshqa masalalar yuzasidan qaror (buyruq)lar qabul
qiladi;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni
amalga oshiradi.
Bosh boshqarma oʻziga yuklangan vazifalar va
funksiyalarning bevosita oʻzi tomonidan, shuningdek hududiy aholi bandligiga
koʻmaklashish markazlari va boshqa idoraviy mansub tashkilotlar orqali
bajarilishini taʼminlaydi.
III. Bosh boshqarmaning huquqlari va majburiyatlari
9. Bosh boshqarma oʻziga yuklangan vazifalar va
funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Bosh boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarni
bajarish bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek
boshqa hujjatlarni Qashqadaryo viloyati hokimligiga belgilangan tartibda
kiritish;
mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish sohasida
davlat siyosatini amalga oshirish masalalarida davlat boshqaruvi organlari va
mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini belgilangan tartibda
muvofiqlashtirish;
Bosh boshqarma vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish
uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati
organlaridan belgilangan tartibda axborot soʻrash va olish;
davlat statistika organlaridan Bosh boshqarma vakolatiga
kiradigan masalalarga doir zarur statistik axborotni bepul olish;
tashkilotlarda mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza
qilish, mehnat sharoitlari va standartlari masalalari boʻyicha qonunchilikka,
shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro
konvensiyalar qoidalari va talablariga rioya etilishi yuzasidan qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda oʻrganish va tekshirishlar oʻtkazish;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlarni
hamda fuqaro-huquqiy shartnomalar asosida ish bajarayotgan (xizmatlar
koʻrsatayotgan) shaxslarni mehnat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq
ravishda ularning sogʻligʻiga yetkazilgan zarar yuzasidan belgilangan tartibda
maxsus tekshirishlarni oʻtkazish va tekshirishlarda qatnashish;
mehnat, bandlik, mehnatni muhofaza qilish va ish
beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi
qonun hujjatlari buzganlik uchun mansabdor shaxslarga qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda maʼmuriy jazolar berish;
mehnatni muhofaza qilish talablariga javob bermaydigan va
xodimlar sogʻligʻi yoki hayotiga xavf tugʻdiradigan tashkilotlar faoliyatini
yoki korxonalar mablagʻlaridan foydalanishni oʻz vakolatlari doirasida va qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda toʻxtatish;
Bosh boshqarma va uning idoraviy boʻysunuvidagi tuzilmalar
davlat mulkini bir boʻlinmadan boshqa boʻlinmaga bepul foydalanish huquqlari
asosida oʻz tashkiliy tuzilmasi doirasida belgilangan tartibda oʻtkazish;
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlarini
belgilangan tartibda tasarruf etish hamda ulardan maqsadli foydalanish
yuzasidan nazoratni taʼminlash ishlarini tashkil etish;
Bosh boshqarma va uning idora boʻysunuvidagi tuzilmalari
davlat mol-mulkini begʻaraz foydalanish huquqi asosida bir boʻlinmadan boshqa
boʻlinmaga, oʻz tashkiliy tuzilmasi doirasida balansdan balansga belgilangan
tartibda oʻtkazish, shtat jadvallarini muvofiqlashtirish, idora boʻysunuvidagi
tashkilotlar moliya-xoʻjalik faoliyati balanslari va hisobotlarini koʻrib
chiqish;
idora boʻysunuvidagi tashkilotlarning moddiy-texnik
bazasini mustahkamlash tadbirlarini amalga oshirish;
idora boʻysunuvidagi tashkilotlar tomonidan markazlashgan
kapital mablagʻlardan samarali foydalanish yuzasidan nazoratni taʼminlash, Bosh
boshqarma tizimidagi obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha
istiqbolli dasturlar ishlab chiqish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va
mehnat munosabatlari vazirligiga belgilangan tartibda takliflar kiritish;
idora boʻysunuvidagi xoʻjalik tashkilotlari tuzilmasini,
shtatlar sonini, shu jumladan boshqaruv xodimlarini, mehnatga haq toʻlash
fondini, xarajatlar smetasini, avtotransport vositalari limitini belgilash;
Bosh boshqarma, tuman (shahar) aholi bandligiga
koʻmaklashish markazlari va idoraviy tashkilotlar faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari
boʻyicha ular tomonidan parametrlar bajarilishini hisobga olgan holda ularning
xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibi, hajmi va shartlarini belgilash;
binolarga xizmat koʻrsatish, inventar va xoʻjalik
asboblarini, avtotransportni, aloqa vositalarini, hisoblash, kompyuter va ofis
texnikasini taʼminlab turish va ulardan foydalanish, dasturiy taʼminot xarid
qilish, shu jumladan autsorsing shartlari asosida xarid qilish boʻyicha
ishlarni bajarish uchun belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari
vazirligining idora boʻysunuvidagi tashkilotlarda toʻgʻridan-toʻgʻri
shartnomalar boʻyicha tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilish, shu jumladan:
“Respublika bandlik va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi” idora
boʻysunuvidagi davlat muassasasida ilmiy ishlar bajarish, Vazirlik vakolatiga
kiradigan masalalar boʻyicha tadqiqotlar va soʻrovlar oʻtkazish; “Mehnat.uz”
axborot-kompyuter markazi» MCHJda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab
chiqish, joriy etish va qoʻllab-quvvatlash; Qashqadaryo shahrida ishsiz
fuqarolarni kasbga oʻqitish markazida, “Ishga marhamat” band boʻlmagan aholiga
xizmatlar koʻrsatish monomarkazi» MCHJda hamda ishsiz fuqarolar va band
boʻlmagan aholini kasbga oʻqitish markazlarida oʻqitish, malaka oshirish va
qayta oʻqitish; malaka oshirish markazlarida malakani baholash; Respublika
mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish kurslarida mehnat organlari
xodimlari malakasini oshirish; Respublika mehnat organlari tizimi xodimlari
malakasini oshirish kurslarida mehnat organlari xodimlarini tayyorlash, qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
ish beruvchilar oʻrtasida ijtimoiy javobgarlikni
oshirishga hamda yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholini ishga joylashtirish
boʻyicha samarali faoliyatni kengaytirishga ragʻbatlantirishni kuchaytirishga
qaratilgan tanlovlarni belgilangan tartibda oʻtkazish;
mehnat, bandlik, ishga joylashtirish va mehnatni muhofaza
qilish masalalari boʻyicha ijtimoiy reklama mahsulotlarini buyurtirish,
shuningdek ularni davlat ommaviy axborot vositalarida, stendlarda, bannerlarda
va aholi keng tanishishi mumkin boʻlgan boshqa usullarda bepul joylashtirish;
mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi
qonun hujjatlarini buzgan holda qabul qilingan davlat va xoʻjalik boshqaruvi
organlarining hamda boshqa tashkilotlarning buyruqlari va boshqa hujjatlarini
bekor qilish toʻgʻrisida belgilangan tartibda koʻrsatmalar kiritish;
Internet jahon axborot tarmogʻida va ijtimoiy tarmoqlarda
belgilangan tartibda rasmiy veb-saytlar yaratish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, davlat
soliq xizmati organlarining yozma murojaatlari asosida maxsus vakolatli
organlar bilan dastlabki kelishuvsiz tashkiliy-huquqiy shakllaridan qatʼi nazar
tashkilotlarning bandlik, mehnat va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi
qonun hujjatlari talablariga rioya etishini rejadan tashqari qisqa muddatli
tekshiruvlar oʻtkazish;
korrupsiya va boshqa suiisteʼmolliklarning oldini olish va
ularga yoʻl qoʻymaslik, xodimning shaxsiy va ishchanlik xususiyatlarini, uning
faoliyati samaradorligini muntazam oʻrganish, shuningdek malakaga va Inspeksiya
faoliyatining turli yoʻnalishlarida ishlash tajribasiga ega kadrlar zaxirasini
shakllantirish maqsadida xodimlar rotatsiyasini amalga oshirish;
kam foydalanilayotgan yoki rekonstruksiya yoxud kapital
taʼmirlashni (qayta jihozlashni) talab qiluvchi mavjud binolar, xonalarni
ijaraga berish;
mehnat organlari reytingini tuzish maqsadida ular
faoliyatining samaradorligini oshirish mezonlarini tasdiqlash;
oʻz vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar,
koʻrgazmalar, yarmarkalar oʻtkazish, shuningdek boshqa tashkilotlar tomonidan
tashkil etilgan shunga oʻxshash tadbirlarda ishtirok etish;
Bosh boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan
uslubiy materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish;
qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari,
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa
normativ-huquqiy hujjatlarni bajarish boʻyicha Bosh boshqarma hududiy
boʻlinmalari va uning idora boʻysunuvidagi tashkilotlari faoliyatini
belgilangan tartibda oʻrganish va tekshirish;
Bosh boshqarma hududiy boʻlinmalari va uning idora
boʻysunuvidagi tashkilotlari rahbarlari va vakillari ishtirokida kengashlar
oʻtkazish;
Bosh boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning
bajarilishi bilan bogʻliq boʻlgan hamda tezkor hal etishni talab qiladigan
masalalar yuzasidan Bosh boshqarma hududiy boʻlinmalari va uning idora
boʻysunuvidagi tashkilotlari rahbarlariga belgilangan tartibda topshiriqlar
berish;
Bosh boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalar bilan
bogʻliq masalalarga bagʻishlangan konferensiya, forum, seminar va treninglar
oʻtkazish, shu jumladan Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari
hisobiga oʻtkazish;
Bosh boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
10. Bosh boshqarma Vazirlik bilan kelishgan holda davlat
boshqaruvi organlari bilan birgalikda belgilangan tartibda qoʻshma buyruq va
boshqa hujjatlar chiqarish huquqiga ega.
11. Bosh boshqarma oʻziga yuklangan vazifalarning samarali
bajarilishi uchun javob beradi.
IV. Bosh boshqarma rahbarlarining javobgarligi
12. Bandlik Bosh boshqarma boshligʻi Boshqarmaga yuklangan
vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
13. Bosh boshqarma boshligʻi oʻrinbosarlari:
Bandlik bosh boshqarmasi nazoratidagi tarkibiy
boʻlinmalarda Boshqarmada yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
oʻz funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi
uchun shaxsan javob beradilar.
14. Markaziy apparatning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari
tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi
uchun;
oʻz funksional majburiyatlari sifatli bajarilishi uchun shaxsan
javob beradi.
15. Bosh boshqarmaning tumanlar (shaharlar)dagi hududiy
boʻlinmalari rahbarlari:
boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning
bajarilishi uchun;
oʻz funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi
uchun shaxsan javob beradilar.
V. Bosh boshqarmaning faoliyatini
tashkil etish
16. Bosh boshqarmani qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda Qashqadaryo viloyati hokimi bilan kelishilgan holda, Oʻzbekiston
Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan lavozimga
tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Bosh boshqarma boshligʻi
boshqaradi.
Bosh
boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari, Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari –
ishga joylashtirish va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi viloyat
hokimligi bilan kelishgan holda boshqarma boshligʻi tavsiyanomasi asosida vazir
tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Oliy yuridik yoki iqtisodiy maʼlumotga ega boʻlgan
shaxslar, shuningdek oliy maʼlumotli iqtisodiy-ijtimoiy sohada kamida 5 yillik
ish staji boʻlgan shaxslar Bosh boshqarma boshligʻi yoki uning oʻrinbosarlari
lavozimida ishlashlari mumkin.
17. Bosh boshqarma boshligʻi:
Bosh boshqarma faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda
yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun javob beradi;
Bosh boshqarma boshligʻi oʻrinbosarlarining, boshqarma
apparati xodimlarining, tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish
markazlari va bosh boshqarma tasarrufiga kiruvchi tashkilotlarning mansabdor
shaxslari vakolatlarini va shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;
oʻz vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi va bosh
boshqarma tizimi xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi;
Bosh boshqarmaning xarajatlari smetasini va shtatlar
jadvalini xodimlarning belgilangan soni doirasida tasdiqlaydi, bosh
boshqarmaning byudjetidan moliyalashtiriladigan xarajatlari va daromadlari
smetasini, shtatlar jadvallarini hisobga oladi;
tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari
toʻgʻrisidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga
oshiradi.
18. Quyidagilar:
tuman (shahar) aholi bandligiga
koʻmaklashish markazlari direktorlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod
qilish – tegishli tuman (shahar)lar hokimlari va Oʻzbekiston Respublikasi
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri bilan kelishgan holda Bosh boshqarma
boshligʻi tomonidan;
tuman (shahar) aholi bandligiga
koʻmaklashish markazlari direktorlari oʻrinbosarlari – ishga joylashtirish va
aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshliqlarini lavozimga tayinlash
va lavozimdan ozod qilish – tegishli tuman (shahar) aholi bandlikka
koʻmaklashish markazlari direktorlari tavsiyanomasi asosida Bosh boshqarma
boshligʻi tomonidan;
Bosh boshqarma inspeksiya, boʻlim
(shoʻba) boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish – vazirlik
bilan kelishgan holda Bosh boshqarma boshligʻi tomonidan amalga oshiriladi.
19. Bosh boshqarma inspeksiya, boʻlim (shoʻba)
boshliqlarini, tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari
direktorlarini lavozimga tayinlash va ozod qilishning qonunchilikda belgilangan
tartibdagi jarayoni yakuniga yetgunga qadar koʻrsatib oʻtilgan tarkibiy
boʻlinmalar faoliyatini taʼminlash maqsadida Bosh boshqarma boshligʻi tarkibiy
boʻlinma rahbarining vazifasini vaqtincha bajaruvchini tayinlaydi.
20. Tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish
markazlari toʻgʻrisidagi nizomlar tegishli tuman (shahar)lar hokimlari bilan
kelishgan holda tegishli ravishda Bosh boshqarmaning buyruqlari bilan
tasdiqlanadi.
21. Bosh boshqarma va uning tizimidagi tashkilotlarning
xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish mehnat
organlari tizimi xodimlarining Respublika kurslarida shartnoma asosida amalga
oshiradi.
22. Oliy yuridik maʼlumotga ega Davlat mehnat
Inspeksiyasining Davlat mehnat inspektorlari davlat organlari va tashkilotlari
yuridik xizmati xodimlariga tenglashtiriladi, ularga adliya organlari
xodimlariga beriladigan mansab darajalari tatbiq etiladi.
23. Bosh boshqarmada 5 kishidan iborat – Bosh boshqarma
boshligʻi (Kengash raisi), uning oʻrinbosarlari, shuningdek Bosh boshqarma
markaziy tarkibiy boʻlimlari rahbar xodimlaridan iborat tarkibda, oʻz
faoliyatining asosiy yoʻnalishlariga muvofiq Kengash tashkil etiladi.
Kengashning
shaxsiy tarkibi viloyati hokimligi bilan kelishilgan holda vazirlik tomonidan
tasdiqlanadi.
Kengash
quyidagilar bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi:
bandlik va
mehnat munosabatlari sohasida davlat siyosatini amalga oshirishni yanada takomillashtirish
boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqqan holda Bosh boshqarma
faoliyatining qonunchilikda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini tanqidiy koʻrib
chiqish;
mehnat va
bandlikni taʼminlash borasida qonunchilikda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
hujjatlarida va Hukumat qarorlarida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va
sifatli amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha Bosh boshqarma va uning
tuzilmaviy boʻlinmalari xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirishga doir
aniq choralar koʻrgan holda, quyi tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini
tizimli ravishda eshitib borishni tashkil qilish;
aholini ish
bilan taʼminlashning hududiy dasturlari hamda qabul qilingan Harakatlar
strategiyasining 2017 – 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish
boʻyicha beshta ustuvor yoʻnalishlarining – mehnat bozorini tartibga solish va
ijtimoiy sohani rivojlantirish qismida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning
bajarilishini koʻrib borish.
ijro intizomi
darajasini oshirish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini, shu jumladan
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi va xalq
qabulxonalaridan tushayotgan murojaatlarni oʻz vaqtida hamda sifatli koʻrib
chiqish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari bajarilishi yuzasidan samarali nazoratni
taʼminlash, bandlik va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi eng zarur
muammolarni hal qilish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Bosh
boshqarma nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash,
joylashtirish, tayyorlash va qayta tayyorlash masalalarini koʻrib chiqish.
Kengash Bosh
boshqarma vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga
ega.
Kengash majlislariga Bosh boshqarma vakolatiga kiradigan
masalalar boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar
rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Kengash uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi
qatnashgan taqdirda vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha
qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Kengash
qarorlari Bosh boshqarma boshligʻining buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Bosh
boshqarma boshligʻi va kengash aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo
boʻlgan taqdirda Bosh boshqarma boshligʻi paydo boʻlgan kelishmovchiliklar
toʻgʻrisida vazirlikka axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul
qiladi. Kengash aʼzolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Oʻzbekiston Respublikasi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga xabar qilishlari mumkin.
Kengash
faoliyati tartibi uning kengash tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
VI. Bosh boshqarma xodimlarini moddiy
ragʻbatlantirish
24. Bosh boshqarma xodimlarini ragʻbatlantirish amaldagi
qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
25. Bosh boshqarma va tegishliligi boʻyicha uning
tizimidagi muassasalar xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar,
qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar, amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
ragʻbatlantirish toʻlovlaridan iborat boʻladi.
Belgilangan tartibda ajratiladigan byudjet mablagʻlari va
byudjetdan tashqari Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobiga
shakllantiriladigan mehnatga haq toʻlash fondi mablagʻlari, shuningdek, mehnat
organlari xodimlarining mehnatini ragʻbatlantirish hamda moddiy-texnika
bazasini mustahkamlash jamgʻarmasi mablagʻlari ish xaqi toʻlash va xodimlarni
moddiy ragʻbatlantirish manbai
hisoblanadi.
26. Bosh boshqarma boshligʻi
byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan oʻz faoliyatida samaradorlikning eng
yuqori koʻrsatkichlarini taʼminlayotgan xodimlariga ularning lavozim maoshining
bir baravari miqdorida shaxsiy ustamalar belgilashga haqli. Shaxsiy ustamalar
miqdorini belgilashda mehnatga haq toʻlashga oid Yagona tarif setkasi boʻyicha
tarif koeffitsiyentlari bilan bir qatorda byudjet muassasalari va tashkilotlari
xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasidan shaxsiy ustamalar,
shuningdek byudjetdan moliyalashtiriladigan davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlari davlat xizmatchilari lavozim maoshlariga 40 foizlik qoʻshimcha
(mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyenti) lavozim maoshi hisob-kitobiga
kiritiladi.
27. Bosh boshqarma xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan davlat boshqaruvi organlarida koʻp yillik mehnati uchun quyidagi hajmlarda (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda) har oyda mukofot puli toʻlanadi: 3 yildan 5 yilgacha — 0,1; 5 yildan 10 yilgacha — 0,2; 10 yildan 15 yilgacha — 0,3; 15 yildan yuqori — 0,4.