Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Фаолият йўналишлари

  1. Buxoro viloyat Kambagʼallikdan chiqarish va Bandlik bosh boshqarmasining vazifalari va funktsiyalari 

  2. Quyidagilar bosh boshqarmaning vazifalari va faoliyati yoʼnalishlari hisoblanadi:

  3. Oʼzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning samarali bajarilishini taʼminlashda ishtirok etish;

  4. Buxoro viloyat hokimi, tuman (shahar) hokimlari, hududiy prokuratura, ichki ishlar organlari va davlat soliq xizmati rahbarlari tomonidan rahbarlik qilinadigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari (keyingi oʼrinlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari deb ataladi) bilan hamkorlikni amalga oshirish;

  5.  aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish va mehnat migratsiyasi sohasidagi va bosh boshqarma vakolatiga kiradigan boshqa masalalarga doir qonun hujjatlariga, normativ hujjatlarga rioya etish yuzasidan monitoring va nazorat olib borish;

  6. tuman (shahar) aholi bandligiga koʼmaklashish markazlari va idora boʼysunuvidagi tashkilotlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

  7. ishga joylashtirish, oʼqitish va malaka oshirish, malakani baholash xizmatlari uchun davlat buyurtmasini shakllantirish boʼyicha tuman (shahar) aholi bandligiga koʼmaklashish markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tahlil qilish;

  8. kovorking-markazlar tashkil etish va ularni saqlab turish moliyalashtirilishini tashkil qilish boʼyicha tuman (shahar) aholi bandligiga koʼmaklashish markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

  9. tuman (shahar) Аholi bandligiga koʼmaklashish markazlari tomonidan grant va subsidiyalar berilishini tashkil qilish;

  10. ishsizlarni kasbga oʼqitish markazlari bilan hamkorlik qilish;

  11. majburiy mehnatning har qanday turi bilan kurashish;

  12. ishsizlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash va ijtimoiy himoya qilish;

  13. oʼz-oʼzini band qilishning maqbul shakllarini fuqarolarga keng tushuntirish va imtiyozli mikrokredit olishlari uchun tavsiyalar berish;

  14. tuman (shahar) aholi bandligiga koʼmaklashish markazlarida va idora boʼysunuvidagi tashkilotlarda moliya nazoratini tashkil etish va amalga oshirish.

  15. Bosh boshqarma oʼziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

  16. Buxoro viloyat Bandlik bosh boshqarmasi faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan taʼminlaydi hamda unga rahbarlik qiladi;

  17. Oʼzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining hamda Oʼzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi buyruqlarining, Xorazm viloyat hokimiyatining qaror va farmoyishlarining va boshqa normativ huquqiy hujjatlarning tuman (shahar) aholi bandligiga koʼmaklashish markazlari, idora boʼysunuvidagi tashkilotlar tomonidan bajarilishini tizimli nazorat qiladi;

  18. tuman (shahar) aholi bandligiga koʼmaklashish markazlari, idora boʼysunuvidagi tashkilotlar tomonidan kiritiladigan hujjatlarning sifatli va oʼz vaqtida ishlab chiqilishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizasi oʼtkazilishini tashkil etadi;

  19. tuman (shahar) aholi bandligiga koʼmaklashish markazlari, idora boʼysunuvidagi tashkilotlar faoliyatiga rahbarlik qiladi, ularni muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

  20. aholini ishga joylashtirish sohasida xizmatlar koʼrsatish yuzasidan faoliyat olib boruvchi yuridik shaxslar bilan hamkorlik qiladi;

  21. tuman (shahar) aholi bandligiga koʼmaklashish markazlari va idora boʼysunuvidagi tashkilotlarda moliyaviy nazoratni tashkil etadi va amalga oshiradi;

  22. aholini ish bilan taʼminlash hududiy dasturlari bajarilishi monitoringini olib borish, band boʼlmagan aholiga davlat xizmatlarini koʼrsatish, ijtimoiy himoya qilish, mehnat munosabatlari va mehnatni muhofaza qilish boʼyicha tuman (shahar) aholi bandligiga koʼmaklashish markazlari, idora boʼysunuvidagi tashkilotlar xatti-harakatlarini muvofiqlashtiradi;

  23. ishga joylashtirish, oʼqitish va malakani baholash xizmatlariga boʼlgan davlat buyurtmasini shakllantirish, moliyalashtirish va amalga oshirish, keyinchalik tegishli ravishda xususiy bandlik agentliklari, ishsizlar va band boʼlmagan aholini oʼqitish markazlari hamda malakani baholash markazlariga haq toʼlash boʼyicha tuman (shahar) aholi bandligiga koʼmaklashish markazlari xatti-harakatlarini muvofiqlashtiradi;

  24. kovorking-markazlarni tashkil etish boʼyicha tuman (shahar) aholi bandligiga koʼmaklashish markazlari takliflarini umumlashtiradi, shuningdek ularni saqlab turishning moliyalashtirilishini tashkil etadi;

  25. tuman (shahar) aholi bandligiga koʼmaklashish markazlari va idora boʼysunuvidagi tashkilotlarning moddiy-texnik taʼminotini tashkil etadi;

  26. tuman (shahar) aholi bandligiga koʼmaklashish markazlari va idora boʼysunuvidagi tashkilotlar binolari va inshootlaridan joriy foydalanish boʼyicha ishlar monitoringini oʼtkazadi va muvofiqlashtiradi;

  27. jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlarni tashkil etadi;

  28. operativ, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish va oʼz vakolatiga kiradigan boshqa masalalar yuzasidan qaror (buyruq)lar qabul qiladi;

  29. qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funktsiyalarni amalga oshiradi.

  30. Bosh boshqarma oʼziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bevosita oʼzi tomonidan, shuningdek hududiy aholi bandligiga koʼmaklashish markazlari va boshqa idoraviy mansub tashkilotlar orqali bajarilishini taʼminlaydi.