Faoliyat yo‘nalishlari
Buxoro viloyat Bandlik bosh boshqarmasining
vazifalari va funksiyalari
Quyidagilar bosh
boshqarmaning vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari hisoblanadi:
Buxoro viloyat hokimi,
tuman (shahar) hokimlari, hududiy prokuratura, ichki ishlar organlari va davlat
soliq xizmati rahbarlari tomonidan rahbarlik qilinadigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish sektorlari (keyingi o‘rinlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
sektorlari deb ataladi) bilan hamkorlikni amalga oshirish;
aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish va mehnat migratsiyasi sohasidagi va bosh
boshqarma vakolatiga kiradigan boshqa masalalarga doir qonun hujjatlariga, normativ
hujjatlarga rioya etish yuzasidan monitoring va nazorat olib borish;
tuman (shahar) aholi
bandligiga ko‘maklashish markazlari va idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlarda axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish;
ishga joylashtirish,
o‘qitish va malaka oshirish, malakani baholash xizmatlari uchun davlat buyurtmasini
shakllantirish bo‘yicha tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari
faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tahlil qilish;
kovorking-markazlar
tashkil etish va ularni saqlab turish moliyalashtirilishini tashkil qilish bo‘yicha
tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
tuman (shahar) Aholi
bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan grant va subsidiyalar berilishini
tashkil qilish;
ishsizlarni kasbga
o‘qitish markazlari bilan hamkorlik qilish;
majburiy mehnatning
har qanday turi bilan kurashish;
ishsizlarni har
tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoya qilish;
o‘z-o‘zini band
qilishning maqbul shakllarini fuqarolarga keng tushuntirish va imtiyozli mikrokredit
olishlari uchun tavsiyalar berish;
tuman (shahar) aholi
bandligiga ko‘maklashish markazlarida va idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlarda moliya
nazoratini tashkil etish va amalga oshirish.
Bosh boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga
oshiradi:
Buxoro viloyat Bandlik
bosh boshqarmasi faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan ta’minlaydi
hamda unga rahbarlik qiladi;
O’zbekiston Respublikasi
qonunlarining, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining hamda O’zbekiston
Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi buyruqlarining, Xorazm
viloyat hokimiyatining qaror va farmoyishlarining va boshqa normativ huquqiy hujjatlarning
tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlar
tomonidan bajarilishini tizimli nazorat qiladi;
tuman (shahar) aholi
bandligiga ko‘maklashish markazlari, idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlar tomonidan
kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishini, ularning
iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizasi o‘tkazilishini tashkil etadi;
tuman (shahar) aholi
bandligiga ko‘maklashish markazlari, idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlar faoliyatiga
rahbarlik qiladi, ularni muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
aholini ishga joylashtirish
sohasida xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan faoliyat olib boruvchi yuridik shaxslar
bilan hamkorlik qiladi;
tuman (shahar) aholi
bandligiga ko‘maklashish markazlari va idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlarda moliyaviy
nazoratni tashkil etadi va amalga oshiradi;
aholini ish bilan
ta’minlash hududiy dasturlari bajarilishi monitoringini olib borish, band bo‘lmagan
aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish, ijtimoiy himoya qilish, mehnat munosabatlari
va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish
markazlari, idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlar xatti-harakatlarini muvofiqlashtiradi;
ishga joylashtirish,
o‘qitish va malakani baholash xizmatlariga bo‘lgan davlat buyurtmasini shakllantirish,
moliyalashtirish va amalga oshirish, keyinchalik tegishli ravishda xususiy bandlik
agentliklari, ishsizlar va band bo‘lmagan aholini o‘qitish markazlari hamda malakani
baholash markazlariga haq to‘lash bo‘yicha tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish
markazlari xatti-harakatlarini muvofiqlashtiradi;
kovorking-markazlarni
tashkil etish bo‘yicha tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari
takliflarini umumlashtiradi, shuningdek ularni saqlab turishning moliyalashtirilishini
tashkil etadi;
tuman (shahar) aholi
bandligiga ko‘maklashish markazlari va idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlarning moddiy-texnik
ta’minotini tashkil etadi;
tuman (shahar) aholi
bandligiga ko‘maklashish markazlari va idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlar binolari
va inshootlaridan joriy foydalanish bo‘yicha ishlar monitoringini o‘tkazadi va muvofiqlashtiradi;
jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari
bilan ishlarni tashkil etadi;
operativ, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy,
ishlab chiqarish va o‘z vakolatiga kiradigan boshqa masalalar yuzasidan qaror (buyruq)lar
qabul qiladi;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa
funksiyalarni amalga oshiradi.
Bosh boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalar
va funksiyalarning bevosita o‘zi tomonidan, shuningdek hududiy aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari va boshqa idoraviy
mansub tashkilotlar orqali bajarilishini ta’minlaydi.