Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Aholini ijtimoiy muhofaza qilish – eng muhim vazifa

error

2022-07-15

Tashrif davomida vazir Buxoro tumani “So‘fikorgar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi O‘zbekiston – Turkiya qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi. 

Shuningdek, oynavand zamonaviy issiqxonalar qurish, pomidor mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan “Varnet” korxonasida issiqxonachilikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, tajribalar tahlil qildi. Korxonada ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar birma-bir tahlil etildi.  

Mazkur korxona “Buxoro agro” erkin iqtisodiy zonasi hududida joylashgan. Gidroponika usulida mahsulot yetishtirilayotgan issiqxona mahsulotlari Rossiya va Qozog‘iston davlatlariga eksport qilinadi. Korxonada 400 ga yaqin ishchi mehnat qiladi.

Hududning 30 gektarida issiqxona qurilgan bo‘lib, 13 gektarida hosil yetishtirilmoqda. Qolgan qismida qurilish ishlari olib borilmoqda.  

Nozim Husanov issiqxona agronomi mutaxassisligi bo‘yicha ishsiz fuqarolarni o‘qitish masalalarini ham muhokama qildi.  

Viloyatda aholi bandligi va daromadlarini oshirishga har tomonlama ko‘maklashish, ishsizlar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar, mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha yangi ta’sirchan mexanizmlarni joriy etish, ehtiyojmand aholini mehnat faoliyatiga jalb qilishda qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, yangi ish o‘rinlarini tashkil etgan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini yanada rag‘batlantirish maqsadida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. 

2022 yilning yanvar-may oylarida jami 293 ming 113 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi. 


Mutasaddilarning ta’kidlashicha, viloyatda ishsizlik darajasini kamaytirish, aholi bandligiga ko‘maklashish va ularni ijtimoiy himoyaga olish maqsadida 2022 yilning 1 iyun holatida mehnat organlari tomonidan 49 ming nafardan ortiq fuqarolarga turli xizmatlar ko‘rsatilgan. 

Jumladan, 13 ming 569 nafar ishsiz fuqarolar doimiy ishga joylashtirilgan. 3 ming 258 ming nafar fuqarolar mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga bepul o‘qitilgan. 1 ming 312 nafar ishsizlarga ishsizlik nafaqasi tayinlangan.

2 ming 681 nafar ishsiz fuqarolarning xonadoniga tomorqa subsidiyasi yo‘nalishida xizmatlar ko‘rsatilgan. Tadbirkorlik qilish istagini bildirgan fuqarolar ro‘yxati shakllantirilib, kasbga o‘rgatish uchun bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan 97 million so‘m subsidiya ajratilgan.  

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri ijtimoiy mehnat masalalari bo‘yicha uch tomonlama komissiya tomonidan “Munosib mehnat sharoitlarini yaratish – ish beruvchilarning burchi” mavzusida o‘tkazilgan amaliy seminarda ham qatnashdi.