Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

“Ishga marhamat” monomarkazi 600 ming dollarga jihozlandi

error

2022-07-13

– WorldSkills standartlari asosida jihozlangan monomarkazda ishsiz deb e’tirof etilgan fuqarolar avtomobil tuzatish yo‘nalishida hunar egallaydi, – deydi Buxoro viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Anvar Hamroyev. – Natijada kelajakda o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘yadi. Shuningdek, monomarkaz bitiruvchilari 7 million so‘mgacha ajratiladigan subsidiya olishlari ham mumkin.

Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahridagi Ural tadbirkorlik va texnologiyalar kolleji muhandis-ustasi A.Kachurayev hamda “Avtoservis xizmat ko‘rsatish” yo‘nalishi muhandis-usta va o‘quvchilari ishtirokida amaliy dars jarayonida o‘zaro tajriba almashildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazining quvvati bir vaqtning o‘zida 560 o‘rinli. “Ishga marhamat” monomarkazi sobiq Politexnika kasb-hunar kolleji o‘rnida tashkil etilgan. Monomarkaz faoliyat yuritayotgan binoni ta’mirlash va jihozlashda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan 14 milliard 300 million so‘m va Jahon bankining 206 ming dollardan ortiq mablag‘lari jalb etilib, jihozlash ishlari WorldSkills talablari asosida amalga oshirilgan.

Monomarkaz tinglovchilariga WorldSkills talablari asosida ta’lim berilsa, o‘rta bo‘g‘in kadrlari esa Jahon bozorining bo‘sh ish o‘rni ehtiyojlari darajasida tayyorlanadi. Monomarkazda 8 ta xizmat turi (servis va xizmat ko‘rsatish, texnik, qurilish, xorijiy til o‘rgatish, raqamli texnologiyalarni o‘rgatish, tadbirkorlikka o‘qitish va migratsiya xizmatlari sohalari) bo‘yicha jami 24 turda kasbga o‘qitiladi. 4 ta xorijiy (rus, ingliz, koreys, yapon) tillarni o‘rgatish hamda Tadbirkorlik asoslari, migratsiya ko‘niktirish markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Yuqorida ko‘rsatilgan kasb va tilga o‘rgatish kurslariga mahalliy hamda xorijiy ish beruvchilar talablari asosida qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish mumkin. Shuningdek, korxona va tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha pullik o‘quv kurslari tashkil etish imkoni ham yaratilgan. Joriy yilda ushbu markaz bitiruvchilari, kasbga ega bo‘lgan aholi hamda nodavlat ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun kasbiy malakani baholash markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.