Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Yoshlarni ish bilan ta’minlash – eng muhim vazifa

error

2022-07-13

“Ishga marhamat” monomarkazida tashkil etilgan tadbirda shahar va tumanlardan Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarining ishga joylashtirish, kasbga o‘qitish sho‘’ba mudirlari hamda huquq inspektorlari yordamchilari qatnashdi. Maqsad ishsiz aholini ishga joylashtirish va karerani rivojlantirish ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat.
Loyihasi doirasida ishsiz aholini ishga joylashtirish va karerani rivojlantirish maqsadida “Ishga joylashtirish va karerani rivojlantirish” qo‘llanmasi ishlab chiqilgan. Ushbu qo‘llanma tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarining bandlik inspektorlari tomonidan aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonida foydalaniladi.

–Tadbirda aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari uchun ishlab chiqilgan maxsus qo‘llanmalar trening ishtirokchilariga taqdim etildi,–deydi viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Suhrob Hamroyev. – Mazkur qo‘llanma ishsiz va ish qidirayotganlar, yoshlar va ayollar, shuningdek, migrantlar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarni talab va ehtiyojdan kelib chiqib ishga joylashtirish, soha bo‘yicha yanada yuqori natijalarni qo‘lga kiritish yuzasidan tavsiyalar berish va yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishga mo‘ljallangani bilan ahamiyatlidir.
Seminar ishtirokchilari xalqaro toifali trenerlardan kasbiy faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha aniq ma’lumotlar oldi.