Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Buxoro viloyati: 293 ming 113 nafar fuqaro ish bilan taʼminlandi

error

2022-07-13

Sessiyani Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi, viloyat hokimi Botir Zaripov boshqardi. 

Deputatlar viloyatda yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlash hamda xizmatlar sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi toʻgʻrisida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi Anvar Hamroyevning hisobotini eshitdi. 

Taʼkidlanishicha, viloyatda aholi bandligi va daromadlarini oshirishga har tomonlama koʻmaklashish, ishsizlar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar, mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan bitiruvchilar bandligini taʼminlash boʻyicha yangi taʼsirchan mexanizmlarni joriy etish, ehtiyojmand aholini mehnat faoliyatiga jalb qilishda qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, yangi ish oʻrinlarini tashkil etgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini yanada ragʻbatlantirish maqsadida viloyatda muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. 

2022-yilning yanvar-may oylarida jami 293 ming 113 nafar fuqaroning bandligi taʼminlandi. Viloyatda ishsizlik darajasini kamaytirish, aholi bandligiga koʻmaklashish va ularni ijtimoiy himoyaga olish maqsadida 2022 yilning 1 iyun holatida mehnat organlari tomonidan 49 ming nafardan ortiq fuqarolarga turli xizmatlar koʻrsatildi. 13 ming 569 nafar ishsiz fuqarolar doimiy ish oʻrinlariga ishga joylashtirildi. 3 ming 258 ming nafar fuqarolar mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga bepul oʻqitildi. 1 ming 312 nafar ishsizlarga ishsizlik nafaqasi tayinlandi. Ijtimoiy muhofazaga olindi. Ishsizlik nafaqasi toʻlab berildi. 

2 ming  681 nafar ishsiz fuqarolarning xonadoniga tomorqa subsidiyasi yoʻnalishida xizmatlar koʻrsatildi. 6,2 milliard soʻm va 99 nafar tadbirkorlik qilish istagini bildirgan fuqarolarni roʻyxatdan oʻtkazish, aʼzolik badali hamda kasbga oʻrgatish uchun bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan 97 million soʻm subsidiya mablagʻlari ajratildi.

Deputatlar kun tartibidagi mazkur masalani muhokama qilib, Xalq deputatlari viloyat Kengashining tegishli qarori qabul qilindi.