Саҳифа манзили:
Танланган матн:
Xabar
Yangiliklar
2025-12-04
Buxoro viloyatida joylashgan “Komfort Tekstil” tikish fabrikasida ish jarayoni va xodimlar bilan munosabatlarga doir ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan maʼlumotlar yuzasidan Buxoro viloyati Bandlik va mehnat munosabatlari boshqarmasi tomonidan quyidagilar maʼlum qilinadi. Ommaviy axborot vositalarida ishchi ayol tomonidan olingan videomaterial tarqalganidan soʻng ish beruvchi tomonidan xodimga nisbatan bosim oʻtkazilgani, ishdan boʻshatilgani va moliyaviy jarima haqida maʼlumotlar yuzaga kelgan. Mazkur holat Buxoro shahar bandlik bo'limi mehnat inspeksiyasi tomonidan oʻrganib chiqilmoqda. O'rganish davomida Ish joyida xodimlarning shaxsiy fikri, dini yoki eʼtiqodiga daxl etuvchi audio va videomateriallarni majburiy ravishda quloq soldirish amaliyoti mehnat qonunchiligiga muvofiqligi. Ish beruvchi tomonidan xodimga nisbatan intizomiy chora, ishdan boʻshatish yoki moddiy jarimalar qoʻllanishi Mehnat kodeksi talablariga muvofiq amalga oshirilgan-oshirilmagani. Xodimning mehnat huquqlari buzilgan taqdirda ishga tiklash, mehnat munosabatlarini tiklash va yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararni qoplash masalalari qonunchilik asosida koʻrib chiqilishiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Mehnat inspeksiyasi tomonidan tikish fabrikasida xizmat tekshiruvi tayinlangan boʻlib, uning natijalariga koʻra qo'shimcha ma'lumotlar taqdim etiladi. Buxoro viloyati Kambagallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi axborot xizmati