Саҳифа манзили:
Танланган матн:
Xabar
Yangiliklar
2025-12-04
Buxoro viloyati Shofirkon tuman hokimligi tomonidan “Adolat koʻzgusi” gazetasining 2025-yil noyabr oyidagi maxsus sonida yoritilgan fuqaro Baxtiyor Beshimovning murojaati yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi. O'rganish jarayonida fuqaro B.Beshimov tomonidan 2014-yilda hokimlik binosi tom qismida bajarilgan taʼmirlash ishlariga oid hujjatlar, jumladan, biror-bir shartnoma, qabul-qabul qilish dalolatnomasi yoki moliyaviy rasmiylashtiruvchi hujjatlar mavjud emasligi aniqlandi. Shuningdek, amaldagi qonunchilikka muvofiq, davlat organlari bilan bajarilgan ishlar yuzasidan moliyaviy daʼvolarni bildirish uchun belgilangan daʼvo muddati oʻtganligi inobatga olindi. Daʼvo muddati oʻtgan hollarda davlat hokimiyati organlari tomonidan moliyaviy majburiyatlarni bajarish imkoniyati qonunan mavjud emas. Shu bilan birga, mazkur masala boʻyicha fuqaroga huquqiy tushuntirishlar berildi va mavjud tartib-qoidalar yuzasidan qonuniy murojaat qilish mexanizmlari izohlab oʻtildi. Buxoro viloyati Kambagallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi axborot xizmati