Yangiliklar
Yangiliklar
2022-07-13
– Mehnat yarmarkada Vobkent, Buxoro shahri, G‘ijduvon, Romitan va Buxoro tumanlaridan 60 dan ortiq korxona, tashkilot va muassasalar 1000 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi, – deydi viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Suxrob Hamroyev. – Yarmarkada shahar va tumanlar kesimida bo‘sh ish o‘rinlarining ro‘yxati ham aholiga tanishtirildi.
Ish qidirib, mehnat yarmarkasida ishtirok etgan ishsiz fuqarolardan 400 nafarga yaqini ishga joylashish, 100 nafari esa kasbga yo‘naltirish bo‘yicha yo‘llanmalar oldi.
– Mehnat yarmarkasiga ish so‘rab murojaat qilgan edim, – deydi tumanning “Niyozxo‘ja” MFYda yashovchi Eldor Jo‘rayev. – Mutaxassisligim bo‘yicha ish topib berishdi. O‘rmon xo‘jaligiga o‘rmonshunos lavozimiga tayinlandim.
– Yarmarka men uchun juda ham foydali bo‘ldi, – deydi tumanning Nayman MFYda yashovchi Sarvinoz Xolidova. – Meni tuman tibbiyot birlashmasiga hamshira lavozimiga ishga qabul qilishdi. Endi men ham oilamning daromadiga yordam beraman.
Sohalar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, shu kuni 50 nafar fuqarolar sanoat korxonalariga, 172 nafar fuqaro qishloq xo‘jaligi tarmog‘iga, 112 nafar fuqaro savdo va xizmat ko‘rsatish, 66 nafar fuqaro hunarmandchilik va boshqa korxonalarga yo‘naltirildi. Bundan tashqari, tijorat banklari tomonidan 15 ga yaqin fuqarolarga kredit asosida texnikalar olib berildi.