Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Ishsizlik kamaysa, aholi farovonligi oshadi

error

2022-07-13

– bugungi mehnat yarmarkasiga viloyatdagi 60 ta korxona va tashkilot o‘zining 420 ta ish o‘rni bilan qatnashdi, – deydi viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Suxrob Hamroyev. – Yarmarkada asosan, xotin-qizlar, migrantlar, tegishli daftardagi fuqarolarimiz  qatnashdi. bugungi kunda 9 ming 327 ta bo‘sh ish o‘rni mavjud.

Yarmarkada shahar va tumanlar kesimida bo‘sh ish o‘rinlarining ro‘yxati ham aholiga tanishtirildi.  

“Ishga marhamat” monomarkazining asosiy faoliyati fuqarolarni qisqa muddatli o‘quv kurslarida kasblarga o‘qitishga qaratilgan,  – deydi Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati, monomarkaz direktori Sadoqat Siddiqova. – Ayni paytda monomarkazga 1 ming  550 nafar fuqaro o‘qish istagini bildirgan. Ulardan 762 nafar tinglovchi hozirgi kunda kasb-hunar o‘rganmoqda, 853 nafari o‘qishni tamomlagan.

Monomarkazda 8 ta xizmat xizmat turi bo‘yicha, xorijiy til, raqamli texnologiyalarni o‘rgatish, tadbirkorlikka o‘qitish va migratsiya xizmatlari bo‘yicha jami 29 turdagi kasbga o‘qitish, 4 ta xorijiy (Rus, ingliz, koreys, yapon) tillarni o‘rgatish hamda Tadbirkorlik asoslari shuningdek, migratsiya ko‘niktirish markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Yuqorida ko‘rsatilgan kasb va tilga o‘rgatish kurslariga mahalliy va xorijiy ish beruvchilar talablari asosida qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish imkoniyati mavjud.

– Monomarkazda qandalotchilik yo‘nalishida ikki oy o‘qib, sertifikatni qo‘lga kiritdim,  – deydi Umida Jo‘rayeva. – Turli xil pishiriq pishirishni o‘rgandim. Buxoro tumanidagi Aholi bandligi markaziga ariza bilan murojaat qildim. 7 million subsidiya ajratiladigan bo‘ldi. Endi mana shu mablag‘ga uyda pishiriq pishirish sexini ochib, jihozlar sotib olaman.

Mehnat yarmarkasi doirasi “Har bir oila tadbirkor” Davlat dasturi doirasida 33 million so‘mlik imtiyozli kreditni olish istagidagi xotin-qizlarga sertifikatlar ham berildi. 

–Mahallamda toza suv ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish taklifi bilan murojaat qilgan edim, – deydi Buxoro tumani Yangi obod MFYda yashovchi Xushvaqt Karimova. 

–Loyiham qo‘llab-quvvatlandi. Men ham 3 yilga mo‘ljallangan 6 oylik imtiyozli davr bilan 17 foizlik 33 million so‘mkredit oldim. Oilamning daromadini oshirish, yangi ish o‘rni yaratish maqsadida tadbirkorlikni boshlayman. Bundan juda ham xursandman. 

– Buxoro viloyati Xalq banki ayollar bandligini ta’minlash maqsadida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda mehnat yarmarkalari tashkil qilmoqda, – deydi AT “Xalq banki” Buxoro viloyati filiali boshlig‘ining ayollar va oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘rinbosari Nargiza Latipova. – bugungi mehnat yarmarkasida tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar olish tartibi tushuntirildi. Imtiyozli kredit olish istagida bo‘lgan 14 nafar xotin-qizga Xalq banki tomonidan sertifikatlar topshirildi.

Joriy yilning birinchi choragida  tijorat banklari tomonidan 628 nafar xotin-qizlarga 8 milliard 500 million so‘m imtiyozli kredit ajratildi. Imtiyozli kreditlar ajratish davom etmoqda. Mehnat yarmarkasida yetarli malakaga ega bo‘lmagan fuqarolar o‘zining xohish va istagidan kelib chiqqan holda o‘qish jarayoniga jalb qilindi.

Viloyat bandlik bosh boshqarmasidan olingan xabarga ko‘ra, mehnat yarmarkasiga 2 mingdan ziyod fuqarolar ish so‘rab murojaat qilgan. 366 nafar fuqarolarga ishga joylashtirish, 220 nafariga kasbga o‘qitish bo‘yicha yo‘llanmalar berilgan. 444 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etilib, 970 nafar fuqarolarga huquqiy maslahatlar berilgan.